Soha yangiliklari

Zood kompaniyasi bosh ijrochi direktori bilan elektron tijorat sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Mazkur uchrashuvda erkin omborlar xizmatini joriy qilish orqali tashqi iqtisodiy faoliyatni raqamlashtirish, kichik va o‘rta biznesdagi tadbirkorlarning elektron tijoratdagi ko‘nikmalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Zood kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Zoodmall platformasi orqali Iordaniya, Livan, Iroq va Pokistonga sotish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, bugungi kunda elektron tijorat sohasini rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha kelgusidagi uchrashuvlarga boshqa davlat idoralarini ham jalb qilishga va mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: Zood kopmaniyasi bosh shtab-kvartirasi Shveytsariyada joylashgan, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga xizmat ko‘rsatadigan tez rivojlanayotgan fintex kompaniya bo‘lib, raqamli kreditlash tizimi orqali innovatsion va xavfsiz yechimlarni taklif qiladi. Zood kompaniyasi 10 million faol foydalanuvchiga (O‘zbekistonda 5 million) ega bo‘lgan va o‘z ichiga ZoodPay (moliyaviy-texnologik yechimlar), ZoodMall (elektron tijorat) va ZoodShip (elektron logistika) xizmatlarini oluvchi keng qamrovli ekotizim hisoblanadi.

Faylni tanlang