Soha yangiliklari

Moliyaviy erkinlik sari: Frilansing va elektron tijorat bo‘yicha ayollar forumi” bo‘lib o‘tdi

Ushbu forum tashkil etishdan asosiy maqsad – xotin qizlarning jamiyatdagi va raqamlashtirish jarayonidagi o‘rnini oshirish, moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam berish, elektron tijorat orqali yangi marralar va tadbirkorlik imkoniyatlarini kashf qilish, frilansing orqali pul ishlashning qo‘shimcha usullarini o‘rgatishdir. 

Bundan tashqari, ayollarning hozirgi zamonda IT yo'nalishi orqali muvaffaqiyat qozonishi va rivojlanishiga yordam beradigan bilim, tajriba va ilhom almashish uchun muhit yaratishdir.

Dasturga 100 ga yaqin xotin-qizlar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishiga qaramay, qiziqish yuqoriligi sabab, tadbirda 150 dan ortiq xotin-qizlar qatnashdi.

Dastur davomida Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, O‘zbekistondagi Toptal jamoa yetakchisi Munira Begmuratova, Upwork platformasida TOP RATED PLUS frilanser Aziza Israilova, Upwork platformasida TOP RATED frelanser Saboxat Kalandarova, Olcha.uz sayti Marketing bo‘limi rahbari Shaxlo Alimova, Guzar marketda Production bo’limi rahbari Darya Marveyeva, Uzum Marketda Fashion yo‘nalishida katta menejer Baxtiyor Sulaymonov ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Tadbir yakunida, an’anaga muvofiq qiziqarli o’yin tashkil etilib, omadli ishtirokchilarga esdalik sovg’alar topshirildi.

Faylni tanlang