Soha yangiliklari

Puchon universiteti axborot texnologiyalari fakulteti talabalarini Koreya kompaniyalari talablaridan kelib chiqib, mehnat bozorida talabga ega bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatish va masofaviy xizmatlar eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi

Ma’lumki, Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi negizida Toshkent Puchon universitetining Axborot texnologiyalari fakultetini tashkil etish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolangan edi

Uchrashuvda ushbu memorandum doirasida ishlarni amalga oshirish, hamkorlikda yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahridagi Puchon universitetini rivojlantirishga qaratilgan keyingi bosqich strategiyalarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ta’lim, AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha fikrlar almashildi.

Shuningdek, BPO xizmatlar eksporti yo‘nalishida faoliyatni amalga oshirish, Puchon universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti bitiruvchilarini kelgusida masofaviy ishlashga yo‘naltirish hamda shu maqsadda koreyalik kompaniyalar talablari asosida ularni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun:

Toshkent shahridagi Puchon universiteti Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi 3821-sonli Farmoniga asosan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Universitetda ta’lim olish Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq Oʻzbekiston qonunchiligi talablarini inobatga olgan holda oʻzbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.

Faylni tanlang