Soha yangiliklari

Turkiy davlatlar tashkiloti AKT sohasiga mas’ul vazirlarning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ishtirok etdi.

Yig’ilishda qatnashgan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X.Shermatov O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlar, shu jumladan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida raqamli infratuzilma, IT-industriya, elektron hukumat, IT-ta’limni rivojlantirishda erishilgan natijalar, O‘zbekistonni IT-Xabga aylantirish borasidagi faoliyat, kelgusi rejalar va ushbu yo‘nalishlarda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish yuzasidan nutq so‘zladi.

Onlayn yig‘ilishda tomonlar mavjud ishchi guruhlar doirasida raqamli infratuzilma, elektron hukumat va elektron xizmatlar hamda kiberxavfsizlikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Faylni tanlang