Soha yangiliklari

MyID biometrik tizimi iBeta (AQSh) laboratoriyasidan sifat tasdig‘ini qo‘lga kiritdi

“Yagona integrator UZINFOCOM” kompaniyasi tomonidan yaratilgan MyID biometric identifikatsiya tizimi iBeta Quality Assurance sertifikatini qo‘lga kiritdi. Sinov bir oy davomida o‘tkazildi va ajoyib natijalarni ko‘rsatdi.

O‘tgan yilning oxirida “Yagona integrator UZINFOCOM” kompaniyasi iBeta Quality Assurance kompaniyasiga ushbu nomdagi sertifikatga ega bo‘lish maqsadida, o‘zining MyID biometric tizimini tekshirish uchun so‘rov yuborgan edi.

Keng ko‘lamli sinov bir vaqtning o‘zida olti xil hujumdan iborat bo‘ldi:

1. 2D photo on matte paper with edges cut /2D fotosurati kesilgan qirralar bilan

yaltiramaydigan qog‘ozda

2. 2D photo curved / Bukilgan 2D fotosurati

3. 2D paper mask with eyes cut out / Kesilgan ko‘zlar bilan 2D qog‘ozli niqobi

4. Photo displayed on Android device / Android qurilmasida aks etgan fotosurat

5. 3D layered paper photo 3D layered paper photo / 3D-qatlamga ega qog‘ozli fotosurat

6. Video displayed on laptop / Noutbukda aks etgan video

Ishonchlilik uchun har bir hujum 10 martadan takrorlandi. Hammasi bo‘lib, 360 dan ortiq urinishlar amalga oshirildi, ammo iBeta biron marta ham MyID dasturiga ruxsatsiz kirish (доступ) imkoniyatiga ega bo‘lmadi. Shunday qilib, bizning biometrik tizimimiz iBeta tomonidan ISO 30107-3 biometrik tasvir bo‘yicha hujumini aniqlash standartiga muvofiq sinovdan o‘tkazildi va 1-darajali deb tan olindi.

iBeta National Institute of Standards and Technology (NIST) NVLAP tomonidan shaxsiy sertifikatlash dasturining bir qismi sifatida biometrik baholashlar uchun mustaqil sinov laboratoriyasi sifatida akkreditatsiya qilingan. iBeta 2023-yil uchun eng mukammal biometrik sinov laboratoriyalaridan biri hisoblanadi. Uning akkreditatsiyasi davlat va xususiy tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi.

Dunyoda biometrik identifikatsiya yechimlari iBeta tomonidan sertifikatlangan atigi 22 ta kompaniya mavjud. Endi tasavvur qiling, MyID biometrik identifikatsiya tizimiga ega

“Yagona integrator UZINFOCOM” kompaniyasi O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib shunday yirik sertifikatga ega bo‘ldi.

Faylni tanlang