Soha yangiliklari

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sohasini raqamlashtirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar va rejalar hisoboti eshitildi

Yig'ilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi, O'zkomnazorat va Kiberxavfsizlik markazi rahbariyati ishtirok etishdi.

Joriy yil yakuniga qadar, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida my.gov.uz portalida:

➡️ Talabalar turar joyiga joylashishga ariza berish xizmati;

➡️ Davlat stipendiyalariga hujjat topshirish xizmati;

➡️ Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash xizmati kabi 10 ga yaqin elektron xizmatlar joriy etilishi belgilandi. 

“Raqamli O’zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida barcha davlat va xo’jalik boshqaruv o’rganlari hamda hokimliklarning raqamlashtirishga mas’ul o’rinbosarlari hisobotlari eshitilishi ko’zda tutilgan.

Faylni tanlang