Soha yangiliklari

Radiochastota spektridan birgalikda foydalanishning huquqiy asosi senatorlar muhokamasida

Unda Qo‘mita aʼzolari, tegishli davlat organlari va tashkilotlar masʼullari, ekspertlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Xususan, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”ga Qonun atroflicha muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda borish qiyin bo‘lgan va olis hududlarda mobil aloqa hamda mobil Internet qamrovini kengaytirish, ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlarining sifatini oshirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur Qonun bilan xalqaro davlatlarning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda radiochastota spektridan birgalikda foydalanish tartibi joriy qilinayotganligi qayd etib o‘tildi.

Jumladan, radiochastota polosalaridan birdan ortiq radiochastota spektridan foydalanuvchilarga birgalikda ishlatishga ruxsat berilib, jarayon ular o‘rtasida radiochastota organining tegishli ruxsatnomasi asosida shartnoma tuzish orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilmoqda.

Bunda ruxsatnoma radiochastota spektri bo‘yicha davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadigan radiochastotalar polosalariga binoan berilishi nazarda tutilmoqda.

Qo‘mita aʼzolari ushbu Qonun qabul qilinishi bilan radiochastota spektridan yanada samarali foydalanish, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek, aholini sifatli telekommunikatsiya xizmatlari bilan taʼminlashga erishilishini taʼkidladi.

Majlis so‘nggida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

 

Faylni tanlang