Soha yangiliklari

Navoiy viloyatidagi Raqamli texnologiyalar o'quv markazlarida umumta'lim maktab direktorlarining AKT sohasidagi malakasi oshirilmoqda

Bugungi kunda Navoiy viloyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida” 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851 son qarori ijrosi yuzasidan umumta'lim maktablari direktorlarini IT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) sohasida bilimlarini rivojlantirish, malakasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilindi. Jumladan, barcha umumta’lim maktabi direktorlari “Rahbarlik menejmenti” kursida o‘qitilmoqda. O'qitish kursi davomiyligi bir haftani tashkil etib, bugungi kunga qadar 100 dan ortiq maktab direktorlari malakasi oshirildi.
Faylni tanlang