"EMMM" DUK yangiliklari

Sirdaryo viloyati elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari uchun “Aholi va hududlarni texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.


2021-yil 3 dekabr kuni Sirdaryo viloyati elektromagnit moslashuv xizmati ofisida “Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilishga tayyorlash” mavzusida EMMX xodimlari uchun 15 soatlik o‘quv dasturi asosida seminar o‘tkazildi.

O‘quv seminarini Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazining malakali mutaxassislari olib borishdi.

O‘quv seminari davomida zilzila ro‘y berganda, sel xavfi sodir bo‘lganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda aholining to‘g‘ri harakatlanishi, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda va xavf solganda aholini ko‘chirish haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Seminarda hayotda sodir bo‘lgan favqulotda vaziyatlar aks etgan videoroliklar va ko‘rgazmali materiallar namoyish etildi.

 


Favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabalariga ko‘ra, turlari, ular yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari, aholini favqulodda vaziyatlar yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tayyorlash tizimi hamda ushbu sohada hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil tushunchalar berildi.

O‘quv seminari yakunida barcha xodimlarga 15 soatlik dastur bo‘yicha o‘quv kursini tamomlaganlik to‘g‘risida guvohnomalar berildi.

 

Sirdaryo viloyati EMMX
muhandisi  U.Soliyev

Faylni tanlang