Soha yangiliklari

Samarqand viloyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bepul IT kurslarda o‘qitilmoqda

Samarqand viloyati IT park filiali  hamda Respublika “Meros” jamg‘armasi tomonidan “Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini IT sohasiga bepul o‘qitish” loyihasi birinchi bosqichi boshlandi.

Loyihaning birinchi bosqichida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan
15 nafar o‘g‘il-qizlar jalb qilinib, ularga kompyuter savodxonligi bo‘yicha darslar o‘tildi.

Shu bilan birga, o‘quvchi yoshlarga loyiha mazmuni, IT sohasi hamda loyiha doirasida o‘qitiladigan IT kurslar haqida batafsil  ma’lumotlar berildi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang