Soha yangiliklari

“Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun Toshkent teleminorasiga sayohat uyushtirildi

Poytaxtimizdagi 30-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun Toshkent teleminorasiga sayohat tashkil etildi. Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda “Toshkent Radioteleuzatish markazi” DUK hamkorligida tashkil etilgan tadbirda o‘quvchilarga Toshkent teleminorasining qurilishi, dunyo teleminoralari orasidagi o‘rni va vazifalari borasida atroflicha ma’lumot berildi. Yoshlar 375 metr balandlikdagi inshootni sayr qilib, zamonaviy raqamli teleradioeshittirish qurilmalari, kompyuter xonalarini ko‘zdan kechirib, teleminoraning 110 metr balandligidagi tomosha maydonchasidan shahrimizni tomosha qilishdi.  
Faylni tanlang