Yagona portalda "Ilmiy unvon va darajalar (PhD, DSc, professor, dotsent va katta ilmiy xodim) bo‘yicha davlat namunasidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish" xizmati ishga tushirilgan.
Mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, yana hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.
Hozircha xizmatdan 2023-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja va ilmiy unvonlar olgan shaxslar foydalanishi mumkin.
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan elektron ma’lumotlar bazasi to‘liq shakllantirilganidan so‘ng ushbu xizmatdan boshqa yillarda ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan shaxslar ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.