Soha yangiliklari

“Dubai International Financial Centre” boshqaruv raisi bilan uchrashuv tashkil etildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlari sammiti (World Government Summit) doirasida “Dubai International Financial Centre” boshqaruv raisi Yessa Kazim janobi oliylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Dubay Xalqaro Moliya Markazida yaratilgan maxsus iqtisodiy zona hamda startap ekotizimini o‘rganib chiqish, mazkur tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash taklif etildi.  Xususan, O‘zbekiston IT-Park rezidentlari uchun “Ingliz huquqi” normalarini qo‘llashning ustuvor masalalarni o‘rganish hamda tartibga solish bo‘yicha IT-Park rezidentlariga bank xizmatlarini ko‘rsatishda maxsus sharoitlar yaratish bo‘yicha tajriba almashishga kelishildi.  
Faylni tanlang