"EMMM" DUK yangiliklari

“EDO.IJRO.UZ” elektron tizimida ishlash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi idoralararo yagona elektron tizimining takomillashgan, qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan yangi talqini - “EDO.IJRO.UZ” ishga tushirildi.

“EDO.IJRO.UZ” elektron tizimida ish yuritish va ishlarni sifatli tashkillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy sho‘basi, “Unicon soft” MChJ hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida, hududdagi ayrim soha korxonalarining ish yuritish va hujjatlar bilan ishlovchi mas’ul xodimlariga o‘quv davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari M.Ismailova va A.Matyakubovlar qatnashdi.

Mazkur tadbirda “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi”ni (EDO.IJRO.UZ) joriy etish bosqichlari, yaʼni ijro intizomiga masʼul xodimlarning IT savodxonligini oshirish, tizim foydalanuvchilarini “kabinet” tizimiga kiritish, ularga tegishli rollarni berish, devonxona sozlamalarini amalga oshirish, kiruvchi va chiquvchi hujjatlar bilan ishlash tartibi mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirib o‘tildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandisi M.Ismailova

Faylni tanlang