"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi ayol xodimlari “Xon atlas” haftaligida faollik ko‘rsatmoqdalar

O‘zbek xalqining asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etib “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi ayol xodimlari “Xon atlas” haftaligida faollik ko‘rsatmoqdalar.

Ish joylarida Milliylik va zamonaviylik, mahalliy va badiiy jihatlar uyg‘un bo‘lgan, shuningdek, milliy meros darajasidagi liboslarni kiygan holda atlas va adras matolariga qiziqish, yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, milliy urf-odat va an’analar bilan birga umuminsoniy ahloq qoidalariga milliy libos kiyishni singdirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Shuningdek, IT PARK hududida soha korxonalari bilan birgalikdagi “Xon atlas” festivalida “EMMM” DUK jamoasining go‘zal ayollari faol ishtirok etmoqdalar. 

Mamlakatimizda “Xon atlas” festivalini Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazish an’anaga aylangan. Ushbu an’anani yanada kengroq targ‘ib etish maqsadida 2024-yil 8-14-aprel kunlari “Xon atlas” haftaligining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ayni damda festivalning 2-bosqichi o‘tkazilmoqda. 

 

Tayyorladi: Ish yuritishni boshqarish va ishlab chiqarish jarayonlari sifatini nazorat qilish xizmati muhandisi L.A.Turgunova