"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi birinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi

2023-yilning 22-23 iyun kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Sifatni boshqarish tizimida (SBT) ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha «CERT International» sertifikatsiya organi tomonidan birinchi kuzatuv auditi o‘tkazildi.

Birinchi kuzatuv auditi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparatida Bosh auditor I.I. Kudyakov va A. Alimov  tomonidan o‘tkazildi hamda Sirdaryo, Jizzax va Samarqand Elektromagnit moslashuv xizmatlarida             A. Alimov, D.Daminova, E.Djamalyadinova tomonidan o‘tkazildi. 

Yuqorida ko‘rsatilgan davr ichida auditorlar korxonada sifatni boshqarish tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligiga kelishini hamda samaradorligiga baho berdilar.

Auditorlar tomonidan korxona faoliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan tahlikalarni oldini olish maqsadida 2 dona tavsiyalar berildi.

Auditorlar, korxona rahbariyatining Sifatni boshqarish tizimini rivojlantirish yo‘lidagi sayi-harakatlarini, xodimlarning yuqori malaka va texnik mahoratga ega ekanliklarini yuqori baholadilar.

Shuningdek, zarur texnik o‘lchov qurilmalarni, dasturiy ta’minotlarni va infrastrukturani korxona ish faoliyatida doimiy yangilab borilishiga erishilayotganligini ham alohida ta’kidlab o‘tdilar.

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi birinchi kuzatuv auditi natijalari bo‘yicha ISO 9001:2015 xalqaro standarti sertifikatini muvaffaqiyatli himoya qildi.

 

 

Tayyorladi: IYBIChJSNQX-yetakchi muhandisi  Sh.Axunbaev

Faylni tanlang