"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida ISO 37001:2016 xalqaro standarti asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimi ichki auditini o‘tkazish to‘g‘risida o‘quv soati o‘tkazildi

Joriy yilning 17-oktabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun o‘quv soati o‘tkazildi.

Bunga ko‘ra, mazkur o‘quv soati “Triada Business Consulting” MChJ rahbari B.Yusupov ishtirokida “Xalqaro ISO 37001:2016 standarti asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimi ichki auditini o‘tkazish” mavzusi yoritildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad shuki, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida Xalqaro ISO 37001:2016 standarti asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqaruv tizimi ichki auditini o‘tkazishdan iboratdir.

O‘quv soatida, B.Yusupov tomonidan ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari – foydalanish uchun talablar va tavsiyalar xalqaro standartining ishlab chiqilishini global miqyosda korrupsiyaga qarshi kurashda muhim qadam ekanligi hamda korxonada ichki audit o‘tkazishdagi talablar va ko‘rsatmalar haqida ma’lumotlar berdi.

Tadbir so‘ngida xodimlar o‘z qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar olishdi.

Faylni tanlang