"EMMM" DUK yangiliklari

Elektromagnit moslashuv markazi davlat unitar korxonasining Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati (RNTRX) tomonidan 2023-yil davomida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan radiochastota spektrining radiomonitoring tadbirlari natijasi

RNTRX xodimlari tomonidan 2023-yil davomida Toshkent shahri 

va viloyati kesimida radiochastota spektridan foydalanishda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda noqonuniy ishlayotgan uzatgichlarni (NIU) aniqlash va ularga choralar ko‘rish maqsadida jami 53 ta reydlar o‘tkazildi. Ushbu reydlar davomida 294 ta UQT diapazonida noqonuniy ishlayotgan uzatgichlar aniqlandi. 

Bulardan:

-olib kirilgan YuChQ va REVlar-4 ta;

-sotib olish, o‘rnatish va ekspluatatsiya qilinayotganlar-290 ta.

 

rnsfgnfgn1000x722.jpg

 

 

Ushbu aniqlangan NIUlardan:

- 1 tasi olib qo‘yildi;

- 8 tasiga o‘rnatilgan tartibda tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirildi;

- 285 ta REVlardan  foydalanish taqiqlandi.

 

 

Radionazorat punktlari orqali aniqlangan 307ta noqonuniy ishlayotgan uzatgichlar efirga chiqish holatlari kuzatilgan bo‘lib, shulardan 298 tasi viloyat hududimizda, 9 tasi qo‘shni Davlat hududlaridan ekanligi aniqlangan. 

 

Xodimlarni radiomonitorig malakasini oshirish maqsadida o‘n ikki marta texnik o‘quv trening mashg‘ulotlari olib borildi. 

Faylni tanlang