"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Radionazorat va texnik rivojlanish xizmatini 2023-yilning olti oyi mobaynida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan radiochastota spektrini radiomonitoringi tadbirlari natijasi

RNTRX xodimlarining joriy yilning olti oyi mobaynida Toshkent shahri 

va Toshkent viloyati kesimida radiochastota spektri qonuni buzilishini oldini olish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda noqonuniy ishlayotgan uzatgichlarni  (NIU) aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida bugungi kungacha jami 16 ta reydlar o‘tkazildi. Ushbu reydlar davomida UQT diapazonida ishlaydigan 59 ta NIUlar aniqlandi. 

Shulardan:

- 1 ta -olib kirilganda;

- 58 ta -o‘rnatilgan va ekspluatatsiya qilinayotganlar;

c31000x585.jpg

Ushbu aniqlangan NIUlarga quyidagi choralar ko‘rildi:

- 1 ta radioelektron vosita (REV) olib qo‘yildi va egasi ma’muriy javobgarlikka tortildi;

- 3 ta REVga o‘rnatilgan tartibda tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirildi;

- 55 ta REVlardan  foydalanish taqiqlandi.

 

Radionazorat punktlari orqali aniqlangan 97 ta ro‘yxatga olinmagan REV efirga chiqish holatlari kuzatilgan bo‘lib, shulardan 88 tasi hududimizda, 9 tasi qo‘shni davlat hududlariga to‘g‘ri kelgan.

41000x542.jpg

EMMM xodimlarini malakasini oshirish maqsadida, o‘n bir marta texnik o‘quv va trening mashg‘ulotlari olib borildi. 

 

 

Tayyorladi: RNTRX etakchi muhandisi

 

T.Xidoyatov

Faylni tanlang