"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Radionazorat va texnik rivojlanish xizmatining mutaxassislari tomonidan radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Mobil aloqa operatori “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filialiga tegishli Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 232A-uyda o‘rnatilgan CDMA-450 standartida ishlovchi TSH-1132 tayanch  stansiyasiga tashqi radioxalaqit tufayli mobil aloqa sifati buzulganligi yuzasidan qilingan murojaatiga asosan, joriy yilning sentabr oyida RNvaTRX mutaxassislari tomonidan radiomonitoring tadbirlari amalga oshirildi.

Olib borilgan monitoring natijasiga ko‘ra, Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani, Istiqlol mahallasi hududida joylashgan “YOU HE DEVELOPMENT” MChJ korxonasiga tegishli bo‘lgan, yer sathining tekisligi va aniq nuqtani o‘lchaydigan, 455.250 MHz shastotada ishlovchi “DL-8” rusumli radioelektron vositasidan “EMMM” DUKning ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanib, salbiy radioxalaqit berayotganligi ma’lum bo‘lgan.

zaaaaaaa721x1280.jpg

zaaaaaa1618x704.jpg

zaaaaaa2612x770.jpg

Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga ma’muriy chora ko‘rish uchun yuborildi va radioxalaqit bartaraf etildi.

 

Tayyorladi: “RNvaTRX” 1-toifali muhandisi Y.Kuryazov

Faylni tanlang