Sayohat davomida xodimlar markazda yaratilgan zamonaviy ekspozitsiyalar, noyob tarixiy qo‘lyozmalar, ilmiy meros namunalarining nusxalari hamda ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Ekskursiya jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston hududida shakllangan boy ilmiy va ma’naviy meros, buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi hamda Islom sivilizatsiyasining insonparvarlik, bag‘rikenglik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashrif xodimlarning tarixiy merosimiz haqidagi bilimlarini boyitish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda jamoada milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


