Joriy yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasi ostida tadbir tashkil etildi. Unda tashkilot rahbariyati, markaziy apparat hamda hududiy tuzilmalar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida tashkilot direktori Rustam Mansurov yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z so‘zida yurtimizda mustaqillik yillarida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda mamlakat taraqqiyotida fidoyi va mas’uliyatli mehnatning muhim o‘rni haqida ta’kidlab, barcha xodimlarga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.


Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan taqdirlangan Elektromagnit moslashuv markazi va hududiy tuzilmalarning bir qator xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Mukofot sohiblari o‘zlariga bildirilgan yuksak e’tibor va ishonchni kelgusida ham mas’uliyat bilan mehnat qilish, sohaga oid vazifalarni sifatli amalga oshirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish uchun muhim rag‘bat sifatida qabul qildilar.

Tadbir yakunida rahbar o‘rinbosarlari tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik shonli sanasi munosabati bilan yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lishiga tilaklar bildirildi.

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan barcha tashkilotimiz xodimlariga muborak bo'lsin!












