Qoraqalpogʻiston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filiali tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi 35-110 kV elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalarining harakatdagi davlat standartlari va me’yorlariga mosligi yuzasidan olib boriladigan o‘lchovlar o‘tkazish” jadvaliga asosan hududlar kesimida oylik ish rejalari ishlab chiqilgan.
Sentyabr oyi ish rejasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida joylashgan 35-110 kilovoltli elektr uzatish liniyalari hamda bir qator nimstansiyalarning sanoat radioxalaqitlari darajasini amaldagi standartlar va texnik me’yorlarga mosligi boʻyicha oʻlchash ishlari oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan oʻlchashlar natijasiga koʻra, elektr uzatish liniyalari hamda nimstansiyalardan tarqalayotgan elektromagnit nurlanish darajalari amaldagi standartlarda belgilangan meʼyorlardan oshmasligi qayd qilindi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar hududlar kesimida muntazam ravishda olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
EMMX muhandisi A.Matyakubov