"EMMM" DUK yangiliklari

Ellikqal’a va Beruniy tumanlarida noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Radiochastota spektri holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining aniqlash maqsadida 2025-yil 5-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX xodimlari tomonidan Ellikqal’a va Beruniy tumanlarida radiomonitoring ishlari olib borildi.

Olib borilgan radiomonitoring tadbirlari natijasida efirda noqonuniy radioelektron vositalarning mavjudligi aniqlandi va ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV jamoat xavfsizlik xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari jalb etildi. Hamkorlikda olib borilgan holat natijasida Ellikqal’a tumani, Bo‘ston shahridagi savdo markazida 11 dona “Baofeng BF-888S” rusumli radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotganligi,

shuningdek, Beruniy shahri, “Bo‘ston” mahallasi, Samarqand ko‘chasi 6-uyda yashovchi fuqaro xonadonida o‘rnatilgan 1 dona mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytiruvchi retranslyator (repeater) qurilmasi mobil aloqa operatorlarining tayanch stansiyalari ishlashiga radioxalaqit berayotganligi aniqlandi va faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1‑toifali muhandisi Narimov N.P.

Faylni tanlang