Soha yangiliklari

“Elsewedy Electric” hamda “Gulf Data Hub” kompaniyalari rahbariyati bilan ma’lumotlar markazini tashkil etish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi

Bugun, 10-may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Misr Arab Respublikasining “Elsewedy Electric” hamda BAAning “Gulf Data Hub” kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

slider

Uchrashuvda ushbu xorijiy kompaniyalar bilan ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish maqsadida ma’lumotlar markazi (data center)ni tashkil etish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida ma’lumotlar markazini qurish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, loyihani amalga oshirish bosqichlari, shuningdek, uni moliyalashtirish bo‘yicha fikrlar almashildi. O‘z navbatida, kompaniyalar vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalari haqida taqdimot o‘tkazildi.

Faylni tanlang