EMMM yangiliklari

“EMMM” DUK ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi

ISO 37001: 2016 xalqaro standarti korrupsiyaga qarshi kurashning eng ilg‘or mexanizmlarini o‘z ichiga olgan standart bo‘lib, korrupsiyaga qarshi reytingda yetakchi o‘rinlarni egallagan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

ISO 37001: 2016 standarti korxonalar oldida korrupsiya xavflariga va ularga mos keladigan siyosat, protseduralar va nazorat choralarini amalga oshirishni belgilaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga o‘qitish, xatarlarni baholash, tegishli tekshiruvni ta’minlash choralari, moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan nazorat usullari, hisobot berish, audit, murojaatlar bilan ishlash va ichki tekshiruvlarni o‘z ichiga oladi.

gnhfdgsdfg800x534.jpg

Joriy yilning 14-noyabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standarti sertifikatini topshirish tadbiri o‘tkazildi.

cvbcxvbdfdf800x534.jpg

Avvalroq, korxonaning 29 nafar xodimiga maxsus ta’lim natijalariga ko‘ra ISO 37001:2016 Xalqaro standarti bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimining sertifikatlari berilgan edi. Sertifikatlashtirish auditi jarayonida korxonaning xodimlari o‘zlarini ISO 37001:2016  xalqaro standarti talablariga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashni boshqarish tizimini qo‘llab-quvvatlash vazifalarini bajarishga mas’ul bo‘lgan malakali mutaxassislar sifatida ko‘rsatdilar.

dfbdfbdbddd800x534.jpg

Joriy yilning 5-6 noyabr kunlari “CERT International” MChJ auditorlari jamoasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimining ISO 37001:2016 Xalqaro standarti talablariga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatlashtirish auditi o‘tkazildi, uning natijalariga ko‘ra “EMMM” DUK “Radiochastotalardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berish, elektromagnit moslashuvni ta’minlash va radiochastota spektrini monitoring qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish” sohasida sertifikat olish uchun tavsiya etildi.

dbvxcbcvbnmmm800x534.jpg

Aynan shu munosib deb topilgan audit natijasining sertfikatini qo‘lga kiritish tadbirida dastavval, “EMMM” DUK boshlig‘i R.Mansurov so‘zga chiqib, ISO 37001:2016 Xalqaro standarti talablari korxonada korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi haqida ta’kidladi. Shuningdek, korxonaning 29 nafar xodimlari mazkur standart bo‘yicha o‘qib sertifikat qo‘lga kiritganligi, shuningdek, korxona xodimlariga qarata bundan keyingi faoliyatda Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining nazorat usullaridan foydalangan holda ish olib borish haqida fikrlarni aytib o‘tdi. 

dfgdfghhhhh800x533.jpg

Tadbir davomida minbarga “CERT International” MCHJ Bosh auditori R.Ibragimov taklif etildi. U so‘z boshida korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimining  ISO 37001:2016 Xalqaro standarti sertifikatini “EMMM” DUK haqli ravishda qo‘lga kiritganligi haqida fikr yuritdi. Shuningdek, korxonaning rahbariyati hamda barcha xodimlarini mazkur sertfikat topshirilishi bilan muborakbod etdi. Korxonaning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab, sertifikatni “EMMM” DUK boshlig‘i R.Mansurovga taqdim etdi.

mnkhkfnbvbb800x534.jpg

gfhghtutuyyy800x534.jpg

Faylni tanlang