"EMMM" DUK yangiliklari

«EMMM» DUK rahbaryatining tabrigi

Muhtaram do‘stlar!

Siz, azizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Barchangizga ulug‘ boylik bo‘lgan oilaviy baxt va salomatlik tilayman.

Aziz hamkasblar!

2020-2021 yillarda noqulay ish sharoitlarida faoliyat olib borganligimizga qaramay xodimlarimizning fidokorona mehnati evaziga Korxonamiz oldiga qo‘yilgan barcha reja va maqsadlarni muvofaqqiyatli amalga oshirdik.

Shu kunlarda har tomonlama zamonaviy, shinam va ko‘rkam bo‘lgan yangi qurib bitirilgan ma’muriy binoga ko‘chib o‘tishimiz natijasida bugun har bir xodim, har bir jamoa o‘z ish joyiga ega deb hisoblayman. Eng muhimi, katta qiyinchiliklar ortda qoldi.

Azizlarim, qadrdonlarim! Mana 2021 yilning ham oxirgi haftasi, kunlari, daqiqalari, soniyalari o‘tib bormoqda....

Bu yilda ushalmagan barcha ezgu orzu niyatlarimizga kelayotgan yilda erishish nasib qilsin! 

Hamisha oilangizda mehr-oqibat, sevgi-muhabbat, baxt saodat hukm sursin! 

Farzandlaringiz har doim sizga faqat rahmat, hurmat, obro‘ e’tibor keltirsin!!! 


 

Yangi 2022 yil barchamizga muborak bo‘lsin!


 

Faylni tanlang