"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUK va Toshkent shahar davlat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi

Joriy yilning 17-aprel kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati yetakchi muhandisi M.Tursunov va 1-toifali muhandisi Y.Kuryazovlar tomonidan Toshkent shahar davlat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “ZOOM” ilovasi orqali navbatdagi o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv-seminari Toshkent shahar hududiga barcha turdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni noqonuniy olib kirilishini oldini olish maqsadida tashkil etilib, hozirda fuqarolar orasida juda ko‘p tarqalayotgan va foydalanilayotgan mobil aloqa signallarini kuchaytiruvchi qurilma(repiter)lar va noqonuniy foydalanishda bo‘lgan radiostansiyalarning turlari va nomlari haqida ma’lumotlar taqdim qilindi.

Shuningdek, davlat bojxona boshqarmasi xodimlarining sohaga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, kelajakda o‘zaro hamkorlik doirasida ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.


 


 

Tayyorladi: Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati 1-toifali muhandisi Y.Kuryazov

Faylni tanlang