"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 10-aprel kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun 10-aprel – “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

photo2025-04-1116-18-27.jpg

Tadbirga O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi. “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibi Jomonov Ravshan Oripovich taklif etildi.

photo2025-04-1116-18-34.jpg

Tadbirda tilimizning tarixiy ildizlari, rivojlanish bosqichlari hamda bugungi kunda davlat tili sifatida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining ahamiyati, uni hayotga chuqur tatbiq etish borasidagi islohotlar, shuningdek, yosh avlodning ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalanishi muhimligi alohida ta’kidlandi.

photo2025-04-1116-18-40.jpg

Ushbu tadbir tilimizni sevish, qadrlash va asrash ruhida o‘tkazilib, xodimlar orasida milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘usini yana bir bor mustahkamladi.

photo2025-04-1116-18-46.jpg

photo2025-04-1116-18-54.jpg

Faylni tanlang