EMMM yangiliklari

“EMMM” DUKda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 26-noyabr kuni “EMMM” DUKda Yoshlarning o‘zini o‘zi rivojlantirish va ularda kuchli motivatsiya uyg‘otish, shuningdek, xodimlarda — ayniqsa yoshlarda OAV va internet tarmoqlaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

photo2025-12-0316-37-37.jpg

Mazkur ma’rifiy tadbirda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparat xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari faol ishtirok etishdi.

photo2025-12-0316-37-41.jpg

Tadbirga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining maslahatchisi, “Shuhrat” medali sohibi Ilhom Ma’rupov tashrif buyurib, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. U yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, internetda uchraydigan turli zararli axborotlarga nisbatan hushyor bo‘lish, shuningdek, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashning ahamiyati borasida fikr-mulohazalar bildirdi.

photo2025-12-0316-37-46.jpg

Tadbir davomida hozirgi globallashuv jarayonida axborot maydonida yuzaga kelayotgan g‘oyaviy va axborot xurujlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

photo2025-12-0316-37-50.jpg

Davra suhbati yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ularga batafsil javoblar berildi.

photo2025-12-0316-37-56.jpg

photo2025-12-0316-38-01.jpg

Faylni tanlang