"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda navbatdagi huquqiy o‘quv soati o‘tkazildi

Joriy yilning 26-fevral kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun navbatdagi huquqiy o‘quv soati tashkil etildi.

photo2026-03-0216-39-30.jpg

O‘quv soatida, Ish yuritishni boshqarish va ijro intizomini nazorat qilish xizmati 1-toifali muhandisi M.Mashurbekova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori  mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi. Qarorda davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish, davlat organlari va tashkilotlarda ish yuritishni to‘liq davlat tilida olib borish, hujjatlarning savodxon va adabiy til me’yorlariga muvofiq rasmiylashtirilishini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, korxona tizimida hujjatlar bilan ishlash jarayonida davlat tiliga qat’iy rioya etish, xodimlarning nutq va yozma savodxonligini oshirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

photo2026-03-0216-39-36.jpg

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 20-fevraldagi “Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3/33-son buyrug‘i mazmuni yuzasidan ham tushuntirishlar berildi. Unda murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘rib chiqish va ijrosini nazorat qilish jarayonlarini raqamlashtirish, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga qat’iy rioya etish, har bir murojaat bo‘yicha asoslantirilgan va qonuniy javob taqdim etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

photo2026-03-0216-39-43.jpg

photo2026-03-0216-39-48.jpg

photo2026-03-0216-39-53.jpg

photo2026-03-0216-39-59.jpg

Faylni tanlang