Joriy yilning 1-may kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrda qabul qilingan PF-157-son Farmoni – “Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjatning asosiy mazmun-mohiyati, unda belgilangan strategik vazifalar va ularni amalda tatbiq etish mexanizmlari hamda ushbu farmonning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eksport salohiyatini oshirishdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilingan holda tushuntirildi.
O‘rta to‘lqinli (MF) va qisqa to‘lqinli (HF) diapazonlarda radiomonitoring olib borishning amaliy xususiyatlari, ularning texnik asoslari, qo‘llaniladigan uskunalar va monitoring samaradorligini oshirish usullari.
“DDF0xE Rohde & Schwarz” pelengatsion kompleksining taktik-texnik xususiyatlari, ushbu ilg‘or uskunaning imkoniyatlari, uning yordamida elektromagnit muhitni kuzatish va tahlil qilish bo‘yicha bajariladigan funksiyalar, shuningdek uning qo‘llanilishi orqali hududiy nazorat samaradorligini oshirish imkoniyatlari tushuntirildi.
O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi – mutaxassislar bilim va ko‘nikmalarini yangilash, normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish, shuningdek radiomonitoring sohasida amaliy va texnik bilimlarni oshirishdan iboratdir.