Joriy yilning 14-avgust kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida quyidagi mavzular ko‘rib chiqildi:
Xorazm viloyati EMMX muhandisi M. Kadirov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-dekabrdagi “Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-son Qarori mazmun-mohiyatini batafsil yoritib berdi.

Shuningdek, Navoiy viloyati EMMX 2-toifali muhandisi M. Jumayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi “Favqulodda holat va vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda ma’muriy boshqarish tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 789-son Qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

