Joriy yilning 19-iyun kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

O‘quv soatida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-son Qonuni mazmun-mohiyati chuqur tahlil etilgan holda batafsil tushuntirildi. Ushbu qonun yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida muhim normativ-huquqiy asos hisoblanadi. Xodimlarga qonunning asosiy moddalaridagi talablar, tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi tizimini shakllantirishda amal qilinishi zarur bo‘lgan qoidalar va mexanizmlar haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.


Shuningdek, mashg‘ulotda Navigatsiya tizimlarining zamonaviy imkoniyatlari, ularning elektromagnit muhitda tutgan o‘rni va texnik xususiyatlari haqida ham atroflicha ma’ruzalar tinglandi. Bu borada xodimlarga navigatsiya tizimlarining ishlash prinsiplari, qo'llanilish sohalari, foydalanish tartibi hamda ularning xavfsiz ishlashi uchun muhim bo‘lgan texnik me’yorlar haqida tushunchalar berildi.
