"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM“ DUKda “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 16-oktabr kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida “Ommaviy diktant” aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur aksiya doirasida korxonaning markaziy apparat hamda hududiy bo‘linmalar xodimlari faol ishtirok etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi — xodimlar o‘rtasida ona tiliga hurmat, imloviy savodxonlik va til madaniyatini oshirishga xizmat qilishdan iborat bo‘ldi.

Diktant yozish jarayonida “Davlat tili – millat faxri” deb nomlangan matndan foydalanildi. Ushbu matnda o‘zbek tilining milliy o‘zligimizni ifodalovchi bebaho qadriyat sifatidagi o‘rni, uning davlat boshqaruvi, ta’lim, fan va ishlab chiqarish sohalaridagi ahamiyati keng yoritilgan.

Aksiya davomida xodimlar o‘z ona tilida savodli yozish, imlo va tinish belgilari qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar.

photo2025-10-1717-28-47.jpg

photo2025-10-1717-28-52.jpg

photo2025-10-1717-28-57.jpg

photo2025-10-1717-29-01.jpg

photo2025-10-1717-29-05.jpg

photo2025-10-1717-29-10.jpg

photo2025-10-1717-29-14.jpg

Faylni tanlang