"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida keng ko‘lamli umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 22–23-avgust kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari xodimlari ham mazkur ezgu tashabbusda faol ishtirok etdilar.

Hashar davomida korxona hududi hamda atrof-muhitda keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi. Xodimlar o‘zaro hamjihatlikda daraxtlar va manzarali butalarni parvarish qilishdi, yo‘laklarni tartibga keltirishdi, hududni begona o‘t va chiqindilardan tozalashdi.

Mazkur tadbir nafaqat hududni yanada ko‘rkam va fayzli qilishi, balki xodimlar o‘rtasida mehr-oqibat, birdamlik va jamoaviylik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Umumxalq hashari jarayonida “EMMM” DUK xodimlari yurtimiz ravnaqi, Vatanimiz obodligi yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shish, kelajak avlodga yanada pokiza va go‘zal muhitni yaratishdek ezgu niyatlarini amalda namoyon etdilar.

photo2025-08-2617-43-10.jpg

photo2025-08-2617-43-16.jpg

photo2025-08-2617-43-20.jpg

photo2025-08-2617-43-25.jpg

photo2025-08-2617-43-30.jpg

photo2025-08-2617-43-34.jpg

photo2025-08-2617-43-39.jpg

photo2025-08-2617-43-43.jpg

Faylni tanlang