"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga yetakchi saylandi

Joriy yilning 26-iyul kuni  “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida Yoshlar iitifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi o‘zgartirilishi munosabati bilan yig‘ilish tashkillashtirildi. 

Yig‘ilishda “EMMM” DUK boshliq o‘rinbosari A.X.Xashimxodjayev, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zosi Ye.O.Zaxarova, Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha ma’sul D.Tuychiyeva va korxonaning 30 yoshgacha bo‘lgan yosh xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda yoshlarga oid siyosatning hozirgi davrda jadal ekanligi, Yangi O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lidaligi  va korxonaning taraqqiyoti uchun ma’suliyat bilan yondashmoqlik ilgari surildi. Shu asnoda korxonada yoshlarga yetakchi bo‘la oladigan o‘z ishiga sidqidildan ishlaydigan yigit qizlarning nomzodlari ko‘rib chiqilib, ko‘pchilikning ovozi bilan Ish yuritishni boshqarish va ishlab chiqarish jarayonlari sifatini nazorat qilish xizmati muhandisi M.M.Nazarov Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylandi. 

Shuningdek, Ma’muriy-xo‘jalik xizmati xodimlari M.M.Xamitov va S.M.Rustamovlar Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisining yordamchilari sifatida tayinlandilar.

Yig‘ilish yakunida korxonada Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining istiqbolli rejalari muhokama qilinib olindi.

Faylni tanlang