"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan ehtiyojmand kishilarga yordam ko‘rsatildi

Yurtimizda ehtiyojmand kishilarga yordam berish, nogiron va bemorlarning holidan xabar olish, ko‘ngli yarimga madad berish xalqimizga xos bag‘rikenglik, mehr-oqibatlilikning yorqin ko‘rinishidir. Ana shunday an’analarimiz, qadriyatlarimiz yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. 

Joriy yilning 2-aprel kuni “EMMM” DUKning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, yordamga muhtoj yoshlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va ularga imkon qadar ko‘maklashish” tadbiri amalga oshirildi.

Tadbir doirasida Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ma'rifat MFY, Farg‘ona yo‘li 15/9/11-uyda istiqomat qiluvchi Choriyev Umidjon Elomonovichga yakka yolg‘iz yashovchi, og‘ir kasallikka chalingan va ijtimoiy himoyaga muhtojligi boisidan zarur oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

wvbgfhgb1000x750.jpg

Faylni tanlang