Soha yangiliklari

Endi yangi haydovchilik guvohnomasini ham onlayn rasmiylashtirish mumkin!

Nazariy va amaliy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtdingizmi? 
Tabriklaymiz! Endi yangi haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun (https://my.gov.uz/uz/service/255) tegishli tashkilotlarga sarson boʻlib borib yurmaysiz.
 
My.gov.uz orqali bu jarayon yanada oson va qulay boʻldi!
 
Xizmatdan foydalanish (https://my.gov.uz/uz/service/255)da hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Hamma maʼlumotlar tizimda mavjud.
 
Tayyor guvohnomani, istasangiz, oʻzingizga eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki qoʻshimcha toʻlov evaziga pochta xizmati orqali uyingizda qabul qilib oling!
 
my.gov.uz orqali tez, qulay va zamonaviy boʻlgan ushbu imkoniyatdan foydalanib, vaqtingizni tejang! Arizani istalgan vaqtda bir nechta tugmalarni bosish orqali oson toʻldiring.
 
Hatto murojaatingiz holatini ham real vaqtda kuzatib borishingiz mumkin.

Faylni tanlang