2025-yil 10-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustda qabul qilingan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son Qonuniga muvofiq ravishda Farg‘ona viloyati EMM xizmati xodimlari, shuningdek, energiya samaradorligini oshiruvchi quyosh panellarini o‘rnatish korxonasi “ASMO SOLAR GOLD” MCHJ direktori ishtirokida “Energiya resurslarini tejash va undan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davra suhbatida mazkur qonunning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish, energiya resurslarini tejash va undan oqilona foydalanish ishlarini doimiy ravishda amalga oshirish, shuningdek, quyosh panellarining samaradorligi, ularning turlari va afzalliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.


Bajardi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi D.B.Alimdjanov