Soha yangiliklari

Andijonda AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz yoki sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyuring

Andijonda AKT sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri  Sh. Shermatov hamda vazirlikning  viloyatdagi  korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 2022-yil 29-aprel kuni soat 15:00 da fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyurishingiz so‘raladi. Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko'chasi, 2-uy. “Digital City” texnoparki  Ma’lumot uchun telefon: 74-226-22-90
Faylni tanlang