Mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi bilan bir qatorda har bir sohada ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, ishbilarmonlik muhitini va mehnat sharoitlarini yaxshilash, inson huquqlarini himoya qilish, ma’muriy hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Korrupsiya - dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri bo‘lib, har qanday davlat va jamiyatning rivojlanishiga jiddiy ziyon yetkazadi. Shu bois unga qarshi kurash muhim masalalar qatoridan joy olgan.

Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘basi boshlig‘i S.S.Xalilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-son Qonuni mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari uchun 2026-yil 15-iyun kuni o‘quv seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Seminar mashg‘uloti davomida mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zarari hamda qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning fuqarolik pozitsiyasi va mas'uliyatini talab etadigan vazifadir.
Ayniqsa, korrupsion holatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarning amaliy misollar asosida ko‘rsatib berilgani barchani yanada xushyorlikka, qonunlarga hurmat ruhida yashash va faoliyat yuritishga undadi.
O‘zaro savol-javob tarzida o‘tkazilgan mazkur seminarda barcha faol ishtirok etib, qiziqtirgan masalalari bo‘yicha ma’lumot va axborotlar olishdi.
Sirdaryo viloyati EMMX
1-toifali muhandisi B.Xidirov