So‘ngi yillarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 801-sonli Qaroriga binoan Farg‘ona viloyati hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotish, o‘rnatish, xorijdan olib kirish hamda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga rioya qilmaslik holatlari ko‘payib bormoqda. Ushbu holatlarni kamaytirish maqsadida Farg‘ona viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati Boshqarmasi, Farg‘ona viloyati IIB JXX XPB bo‘limi, Farg‘ona viloyati “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi va Elektromagnit moslashuv xizmati tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahar va Qo‘shtepa tuman hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida quyidagilar aniqlandi:
Marg‘ilon shahri “Pichoqchi” MFY hududidagi “TRZ” savdo markazida joylashgan “OMADNUR ULGURJI FAYZ” MChJ rahbari A.R.Abdurasulov tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda 2 dona “BAOFENG 888S” rusumli ratsiyadan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.


Marg‘ilon shahri “Tuyagum” MFY hududidagi 11-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi xodimi O.A.Saidaliyev tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda 4 dona “BAOFENG 888S” hamda 2 dona “BAOFENG 999” rusumli ratsiyalardan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.


Qo‘shtepa tumani “Qo‘shtepa” MFY hududidagi 18-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi xodimi D.S.Yusupova tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda 15 dona “BAOFENG 888S” rusumli ratsiyalardan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.


O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan barcha ratsiyalar IIB JXX XPB tomonidan musodara qilindi va qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda tegishli jazolar qo‘llanilishi uchun fuqarolar hujjatlar to‘plami yuqorida ko‘rsatilgan fuqarolarga nisbatan to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish va ma’muriy javobgarlik masalasini hal etish uchun “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limiga yuboriladi.
Qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmaydi.
Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi D.B.Alimdjanov