So‘ngi yillarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 801-sonli Qaroriga binoan Farg‘ona viloyati hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotish, o‘rnatish, xorijdan olib kirish hamda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga rioya qilmaslik holatlari ko‘payib bormoqda. Ushbu holatlarni kamaytirish maqsadida Farg‘ona viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati Boshqarmasi, Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, Farg‘ona viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi YXHB va Elektromagnit Moslashuv Xizmati tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida quyidagilar aniqlandi:


Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahriga 200 ta qutida jami 400 dona Baofeng 888-s rusumli ratsiya noqonuniy ravishda olib kirilgan bo‘lib, ushbu ratsiyalar Toshkent shaxar, Sirg‘ali tumanida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro A. A. tomonidan vakolatli organlardan tegishli ruxsatnoma olmasdan Farg‘ona shahriga olib kirib sotmoqchi bo‘lganda aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan barcha ratsiyalar musodara qilindi va qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda tegishli jazo qo‘llanilishi uchun fuqaro A. A. ga nisbatan hujjatlar to‘plami sudga yuborildi. Qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmaydi.
Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sh.I.Sadixanov