Joriy yilning 10-11 iyun kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK xodimlari qadimiy Farg‘ona shahriga sayohat qildilar.
Sayohat davomida korxonamiz xodimlari Jomiy masjidi, Norbo‘ta ota madrasasi, Mehrigiyo ekofermasi, Lavanda plantatsiyasi, Qo‘l mehnati kulollar makoni, Kabutarlar qabristoni va boshqa diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarining ko‘plab tarixiy obidalar hamda muqaddas qadamjolarni ziyorat qilindi.
Mazkur sayohatning amaliy ahamiyati shundaki, xodimlarning madaniy hordiq olishi, ijtimoiy faollik, qizg‘in suhbatlar qurish, fikrlar almashishdir. Xodimlarning har kunlik ish faoliyatidan tashqarida maroqli dam olishi uchun mana shunday sayohatlar tashkillashtirilishi ayni muddo bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun avvalo, “EMMM” DUK Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga minnatdorchilik bildiramiz.