"EMMM" DUK yangiliklari

Farg‘ona viloyati hududlarida elektromagnit muhit holatlari o‘rganildi

2024-yilning 4-7-martgacha “EMMM” DUK ning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq, elektromagnit moslashuv holatini baholash uchun o‘lchovlar o‘tkazildi.

         O‘lchovlar o‘lchanadigan signalning gorizontal yoki vertikal qutblanishini hisobga olib antennaning azimut yo‘nalishini signalning maksimal kelish yo‘nalishiga sozlagan holda amalga oshirildi.

Monitoring davrida Farg‘ona viloyatida mavjud idoraviy radioelektron vositalarning o‘lchovlari o‘tkazildi, radiochastotalarning bandligi tekshirildi. Shuningdek, noqonuniy ravishda ishlovchi uskunalarning foydalanishi mumkin bo‘lgan diapazonlarning umumiy monitoringi ham amalga oshirildi.

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi A. Karimov

Faylni tanlang