18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun 1991-yil
18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi oliy kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Tarixdan ma’lumki, Vatan ramzlari doimo ulug‘ va muqaddas sanalgan. Bayroq hamisha insonlarni yakdillikka, ulug‘ maqsad yo‘lida birlashishga chorlagan. Davlat ramzlari or-nomus, shon-sharaf belgisi sifatida e’zozlangan. Zero, bayroq har bir xalq, millatning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlarini o‘zida aks ettirgan.
Biz uchun mustaqillikning muqaddas ramzi – davlatimiz bayrog‘i doimo azizdir. Shu bois, bayrog‘imizga nazar solar ekanmiz, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpiraganda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruhiy quvvatni, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini his etamiz.
Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev