Soha yangiliklari

O‘zbekistonning AT va autsorsing salohiyati Fransiya texnologik kompaniyalariga taqdim etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti rahbari Bobur Xodjayev hamda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro kosmik sammiti doirasida IT-Park hamda fransuz texnologik kompaniyalari, hamkor tashkilotlar va akseleratorlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuvda Fransiya va Yevropaning texnologik hamda biznes hamjamiyatlari vakillari, jumladan, “Eutelsat”, “Dassault Systèmes”, “Expertise France”, “Numeum”, “Skynopy”, “Hyperplan”, “BlueKobalt Infrastructure”, “Heartland Capital”, “Wilco”, “IFP Training”, “Naulum Solutions”, “Linagora”, “Wallix” kompaniyalari, shuningdek, boshqa vakillar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida O‘zbekistondagi AT va autsorsing sohasidagi imkoniyatlar, soliq imtiyozlari, “IT-viza” dasturi, ofis infratuzilmasi va kadrlar salohiyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo bozoriga chiqishni rejalashtirayotgan Fransiya kompaniyalari uchun autsorsing faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki “delivery” markazlarini tashkil etish imkoniyatlari, shuningdek akseleratsiya va hamkorlik dasturlari orqali o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni davom ettirish, kompaniyalar o‘rtasidagi biznes-metchmeykingni rivojlantirish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha kelishib oldilar.

Faylni tanlang