O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Xorazm viloyati hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari, kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Hamkorlikdagi bo‘lib o‘tgan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarida “EMMM” DUK ma’sul xodimlari ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Ushbu o‘quv mashqlaridan olingan bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha joriy yilning
7-avgust kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati ishchi xodimlari bilan ham favqulodda vaziyatlarda harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida Favqulodda vaziyatlarda xabar berish va ogohlantirish tizimi haqida, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, Favqulodda holatlarda jabrlanganlarga birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev