Joriy yilning 24-may sanasida Jizzax viloyati EMMXda Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tezkor bo‘limi boshlig‘i A.Dadaboyev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son Qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘tkazilgan o‘quv seminari davomida xodimlarning fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilishlari yuzasidan tegishli tushintirish ishlari olib borildi.